Milliy gvardiya xodimlari maktabda tadbir o‘tkazdi

Past Darg‘om tumanidagi 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Samarqand viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasining 82139-harbiy qismi bilan hamkorlikda Konstitutsiya hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab maktab o‘quvchilari o‘zlarining sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan huquq va burchlari bilan tanishdi.

So‘ngra Milliy gvardiya mashg‘ulotlaridan namunalar ko‘rsatishdi. Kinolog itning ziyrakligi, o‘qotar qurollar ko‘rgazmasi o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya xodimlari o‘qituvchi va o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga bag‘ishlangan bukletlar taqdim etishdi.

Xuddi shunday bukletlar Samarqand shahrining jamoat maskanlarida ham tarqatildi.

Jahongir PO‘LATOV.