Huquqni muhofaza qilish idoralari xotin-qizlari bellashdi

Samarqanddagi “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida sportning “Ko‘pkurash” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Bellashuvda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi, ichki ishlar, bojxona hamda Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat 8 jamoa sportning PM to‘pponchasidan o‘q otish, 1000 metrga yugurish, stol tennisi hamda badmenton turlari bo‘yicha “Dinamo” ko‘chma kubogi birinchiligi uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rin Milliy gvardiyachilarga, 2-o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, 3-o‘rin ichki ishlar boshqarmasi jamoalariga nasib etdi. G‘oliblarga tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.