Futbol: Chempionlar Ligasi raqiblar aniq bo‘ldi

«Real» yana «Benfika»ga, «PSJ» «Monako»ga qarshi maydonga tushadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan UYeFA Chempionlar Ligasi o‘tish o‘yinlariga tashlangan qur’aga ko‘ra, dastlabki 8 ta o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaning 1/8 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar esa o‘tish bahslarida ishtirok etadi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, UYeFA Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsum o‘tish o‘yinlari juftliklari:

«Borussiya» Dortmund (Germaniya) — «Atalanta» (Italiya);

«Olimpiakos» (Gretsiya) — «Bayer» (Germaniya);

«Bryugge» (Belgiya) — «Atletiko Madrid» (Ispaniya);

«Galatasaroy» (Turkiya) — «Yuventus» (Italiya);

«Monako» (Fransiya) — «Pari Sen-Jermen» (Fransiya);

«Qorabog‘» (Ozarbayjon) — «Nyukasl Yunayted» (Angliya);

«Budyo-Glimt» (Norvegiya) — «Inter» (Italiya);

«Benfika» (Portugaliya) — «Real Madrid» (Ispaniya).

O‘tish o‘yinlari 2026 yilning 17-18 va 24-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. 1/8 final bahslari esa 10-11 mart va 17-18 mart kunlariga belgilangan. Final 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.