“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi o‘zgardi

Bugun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashiining o‘tgan yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman, shahar kengashlari vakillari, deputatlik guruhlari a’zolari hamda faollar masofadan ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, viloyatda targ‘ibot va tashviqot ishlariga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bugun partiya o‘z maqsadiga to‘laqonli erishishi uchun uning moliyaviy holati yaxshi bo‘lishi kerak. Viloyatning a’zolik badali qarzdorligi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Jumladan, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashlari, Past Darg‘om, Oqdaryo, Urgut, Paxtachi tuman Kengashlarining qarzi 10 million so‘mdan ortib ketgan.

Plenumda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi lavozimiga (jamoatchilik asosida) Axtamov Akbar Axtamovich saylandi.

Plenum ishida O‘zMTDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari A.K.Qodirov ishtirok etdi.

Onlayn yig‘ilish yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zMTDP viloyat Kengashi axborot xizmati.