Mirzo Ulug‘bek-Gagarin ko‘chalari chorrahasida 10 kunga transport vositalarining harakatlanishi bir tomonlama tashkil etiladi

Samarqand shahar M.Ulug‘bek-Gagarin ko‘chalari chorrahasida hamda Gagarin ko‘chasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ko‘chalarda tirbandliklarni oldini olish maqsadida Mirzo Ulug‘bek-Gagarin ko‘chalari chorrahasidan Amir Temur-Gagarin ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismida Mirzo Ulug‘bek-Gagarin ko‘chalari chorrahasidan Farhod-Gagarin ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismida 13 dekabr kunidan 23 dekabr kuniga qadar transport vositalarini harakatlanishi bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda viloyat YHXB xabar tarqatdi.