Mongoliya va Pekinga kuchli qum bo‘roni yog‘ildi, qurbonlar bor
Mongoliyada sodir bo‘lgan qum bo‘roni tufayli olti kishi halok bo‘ldi va 80 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Halok bo‘lganlar orasida besh nafar cho‘pon va bitta bola bor.
Bu haqda CGTN telekanali mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Shuningdek, Pekinni kuchli qum bo‘roni yopirilishi natijasida Xitoy osmoni to‘q sariq rangga bo‘yaldi. Guvohlar Twitterda g‘ayrioddiy tabiat hodisasi aks etgan videoni joylashtirmoqda.
Xitoyning CGNT telekanali meteorologlar sariq rangli xavflilik darajasini e’lon qilganini xabar qildi. Mongoliyadan kelgan qum bo‘roni havoning o‘ta ifloslanishiga olib keldi.
Poytaxt yo‘llarida ko‘rish imkoniyati deyarli 1000 metr bo‘lib, shaharda tirbandlik yuzaga keldi. Yuzlab aviareyslar to‘xtatilgan.
Meteorologlar qum bo‘roni 16 martgacha davom etishini va Xitoyning 12 ta viloyat va shaharlarida ham bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bu Xitoyda so‘nggi 10 yildagi eng kuchli chang bo‘roni bo‘ldi.