Tayvan rasmiylari: "Pekin mintaqaviy tinchlikka putur yetkazmoqda"
Taybee Xitoy xalq respublikasi tashkil topgan yubileyida Tayvanga 38 ta harbiy samolyot uchirgan Pekin harakatlarini qoraladi. Bu Tayvan tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bir kun uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi. "Tahdidmi? Albatta!", deyiladi tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Tayvan harbiylari ham o‘z navbatida kuzatuv maqsadida patrul samolyotlarini ko‘tarishdi, shuningdek, Xitoy xalq ozodlik armiyasi havo kuchlari samolyotlaridan hududni tark etishni talab qilib, radioxabarlar tarqatishdi.
"Xitoy har doim jirkanch va vahshiyona harakatlar qilib, mintaqadagi tinchlikka zarar yetkazadi. Xalqaro hamjamiyat esa Xitoyning bunday xatti-harakatlarini rad etadi", deydi Tayvan bosh vaziri Su Chjenchan.
Tayvan Chan Kaysh boshchiligidagi Gomindan kuchlari qoldiqlari kommunistlar bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchrab, u yerga qochgan va 1949 yildan buyon o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. XXR rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Xitoy provinsiyalaridan biri hisoblangan Tayvan ko‘pchilik davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.