Xalqaro kasaba uyushmalari federatsiyasi Pekin Olimpiadasiga qarshi

Belgiyada joylashgan Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi kecha, 9 noyabr kuni “Xitoy: qatag‘on uchun oltin medal” nomli hisobotini e’lon qildi. Unda XXRda inson huquqlari poymol etilayotganiga urg‘u berilgan.

Hujjat nusxasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Baxga yuborilgan.

XOQ bosh kotibi Sharan Barrou: 

"Biz XOQni inson huquqlari bo‘yicha bosh tamoyillar to‘plami asosida harakat qilishiga harakat qilyapmiz. 

Hukumatlar o‘z sportchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun pozitsiya egallashini va homiylar Pekin Qishki Olimpiada o‘yinlari bilan aloqalarini qayta ko‘rib chiqishlarini xohlardik".

Associated Press agentligi Pekinga kirish uchun Olimpiadaning barcha ishtirokchilari emlanishi yoki uch haftalik karantindan o‘tishi va har kuni test topshirishi zarurligini eslatadi.

Olimpiadada jurnalistlar harakatlarini cheklaydigan “shafqatsiz doira”ga "qamalishi" kutilmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, choralar yaqindagina yakunlangan, 14 kunlik karantindan keyin mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish imkonini bergan Tokio Olimpiadasi protokollaridan qat’iyroq bo‘ladi.

“Biz XXR rasmiylarini jurnalistlar harakatlanish va kirish erkinligini cheklamaslikka hamda ularning voqealar, jumladan, Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari haqida xabar berishi uchun xavfsizlik va erkinlikni ta’minlashga chaqiramiz”, deydi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Nik Prays brifingda.  

Prezidentlikka sobiq nomzod Mitt Rom boshchiligidagi bir qancha amerikalik senatorlar AQSh hukumati rasmiylariga emas, balki amerikalik sportchilar qatnashishiga imkon beradigan diplomatik boykot e’lon qilishni taklif qilishdi.