Pandemiyaga qaramay Xitoy 2022 yil Pekinda o‘tkaziladigan Olimpiadani to‘liq hajmda tashkil etmoqchi

Xitoy hukumati Pekin qishki Olimpiadasini 2022 yilda tasdiqlangan rejalarga muvofiq o‘tkazmoqchi. Yangi koronavirus pandemiyasiga qaramay, barcha tadbirlar bo‘lib o‘tishi kerakligi aytildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Shuni ta’kidlashni istardimki, Xitoy birinchi navbatda pandemiyani to‘xtatish va iqtisodiyotni tiklashga, qishki Olimpiya o‘yinlari uchun qulay sharoitlar yaratishga e’tibor qaratdi. Biz uning yorqin bo‘lishiga ishonamiz. Bundan tashqari, barcha rejalashtirilgan sport tadbirlarining o‘tkazilishini ta’minlash uchun faol harakatlarni amalga oshirmoqdamiz», – dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin.

Shu bilan birga, Xitoyning o‘yinlarga tayyorgarligi xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan ma’qullanib, qo‘llab-quvvatlangan.