Moskvada qalin qor yog‘ishi kutilmoqda
"Moskvada juma va shanba kunlari qorli apokalipsis (surunkali va qalin qor yog‘ish) holati kutilmoqda, - dedi «Fobos» ob-havo markazining yetakchi xodimi Yevgeniy Tishkovets. - Shu kunlarda qor yog‘ishi 36 soatgacha davom etadi, shamolning tezligi soniyasiga 20 metrgacha yetadi".
"Juma-shanba kunlari Markaziy Rossiyaga yopirilayotgan Bolqon «Volker» sikloni sababli 36 soat mobaynida juda kuchli intensivlikdagi to‘xtovsiz qor yog‘adi", deya mutaxassis so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Tishkovets Markaziy Rossiyada shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha yetishini ta’kidladi. Uning aytishicha, ko‘rish masofasi 500 metrgacha yoki undan ham qisqaradi va ba’zida deyarli umuman hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi.
"Bu «qora qorli bo‘ron»ga juda yaqin hodisa. Shu kunlari odamlar «temir otlar»ini uyda qoldirganlari ma’qul», deya ta’kidladi Tishkovets.
Meteorologning qo‘shimcha qilishicha, shanba kunigacha qor 67 santimetrga yetadi, oylik yog‘ingarchilik 100 foiz miqdori bir yarim kun ichida tushadi.
Sinoptiklarning aytishicha, bu - shaharda ko‘p yillardan beri bo‘lmagan haqiqiy qorli kollaps bo‘ladi.