Muammo sudda qonuniy yechim topadi

“Zarnews.uz” saytida 2021 yil 16 mart kuni “Hokim qarori asosida qurilgan uy noqonuniy bo‘lsa, qonuniysi qanday bo‘ladi?” maqolasi chop etildi.

Mazkur maqola shu kuni viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi tomonidan viloyat sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi B.Norovga o‘rganish va ma’lumot tayyorlash uchun yuborildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi va viloyat sudi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishdan so‘ng, maqola muallifini viloyat sudiga taklif qilish va hujjatlarga birgalikda huquqiy baho berishga kelishildi.

Maqola muallifi Abdug‘ani Qurbonov bog‘lanib, viloyat sudiga taklif etildi. Bugungi kunda mazkur maqola bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.