Oqdaryo va Samarqand tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining nomi o‘zgardi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining QARORI

Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 9-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 14 yanvardagi (01-14-28-son) va 31 martdagi (01-14-413-son) ekspertiza xulosalari hamda Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2021 yil 29 dekabrdagi va 2022 yil 18 martdagi yig‘ilish bayonnomalarini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq oltmish beshinchi sessiyasi QAROR  QILADI:

1. Quyidagilar:

Oqdaryo tumanidagi aholi punktlarining nomlari 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirilsin.

Samarqand tumanidagi aholi punktlarining nomlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi (I.Jabborov), viloyat statistika boshqarmasi (D.Musinov), Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Samarqand tumani (S.Usmonov) hokimliklari mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan aholi punktlari nomlarini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.

3. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (R.Mamatov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Samarqand tumani (S.Usmonov) hokimliklari nomlangan aholi punktlariga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.

4. Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), viloyat qurilish bosh boshqarmasi (L.Hamidov), Oqdaryo (Sh.Qudratov) va Samarqand tumani (S.Usmonov) hokimliklari birgalikda nomlangan aholi punktlariga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatilishini ta’minlasin.

5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (A.Anvarov) mazkur qarorni “Zarafshon”, “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalarida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.

7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kengash raisi                  E.Turdimov

2022 yil 13 iyun

VI-65-121-7-0-K/22

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 13 iyundagi VI-65-121-7-0-K/22-sonli qaroriga

1-ilova

 Oqdaryo tumanidagi nomlari o‘zgartirilayotgan aholi punktlarining nomlari

T/r

Geografik ob’yektning joylashgan o‘rni

(MFY)

Aholi punktining amaldagi nomi

Aholi punktining o‘zgartirilgan nomi

Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi

1.

“Temirak” MFY

Zarafshon

Nurli yo‘l

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

2.

“Uchtepa” MFY

Yalong‘och

Davlatobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

3.

“Yangiqo‘rg‘on” MFY

Yangiobod

Yangiqo‘rg‘on

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

 Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 13 iyundagi

VI-65-121-7-0-K/22-sonli qaroriga 2-ilova

 Samarqand tumanidagi nom berilayotgan aholi punktlari

T/r

Geografik ob’yektning joylashgan o‘rni

(MFY)

Nom berilayotgan aholi punkti

Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi

1.

“Parrandachilik” MFY

Mehriobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

2.

“Bo‘zi” MFY

Mehribon

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

3.

“Yangiariq” MFY

Shamsiobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

4.

“Shirinobod” MFY

Ilonsoy

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

5.

“Chumchuqli” MFY

Qumtepa

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

6.

“O‘zbekkenti” MFY

Zarafshon

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

7.

“Yangijoy” MFY

Oqbo‘yra

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

8.

“Yangijoy” MFY

Yangihayot

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

9.

“Yangijoy” MFY

Yangibog‘

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

10.

“Yangijoy” MFY

Zafarobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

11.

“Yangijoy” MFY

Gazchilar

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

12.

“Yangijoy” MFY

Yoshlik

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

13.

“Jo‘yi Abbos” MFY

Guliston

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

14.

“Jo‘yi Abbos” MFY

Javonobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

15.

“Jo‘yi Abbos” MFY

Gulobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq

16.

“Jo‘yi Abbos” MFY

Nurobod

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq