Mudofaa vazirligining maxsus mutaxassislari Toshkentni dezinfeksiya qilishmoqda

Bugun, 28 mart kuni erta tongdan Qurolli Kuchlar Bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya-epedimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi.

Maqsad respublikamizdagi jamoat joylari, bozorlarda dezinfeksiya ishlarini olib borish, koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, fuqarolarimiz xavfsizligi, salomatligini ta’minlashdir.

 

Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10 dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli usukunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Ta’kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda. Dunyoning 195 dan ortiq davlatiga kirib borgan koranavirus pandimeyasiga qarshi kurashish, mazkur muammoni hal etish har birimizning muhum vazifamiz hisoblanadi. Harbiylar ham ushbu glabal masalada xalqimiz sog‘lig‘ini himoya qilish uchun munosib hissa qo‘shyapti.

   

Amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotida yurt himoyachilari Yunusobod, Eski Juva, Oloy dehqon bozorlaridagi serqatnov ko‘chalar, yerosti o‘tish joylari hamda chiqindixonalarda to‘liq dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, vazirlik harbiy xizmatchilari ishtirokida boshlangan taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.