Tashkent city’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Kecha, 12 dekabr kuni Tashkent city majmuasidagi qurilish jarayonlari davom etayotgan hududlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in quruvchilarning ehtiyotsizligi tufayli ombordagi tez yonuvchi izolyasiya materiallaridan chiqqan.

Soat 15:15 da yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.