Muftiy Usmonxon Alimovning Payariqqa kelishidan maqsad nima edi?

Payariq tumanidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida “Mahmud az-Zamaxshariy va uning «Al-Kashshof» asari mohiyati” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, yurtimizdagi taniqli ulamolar, bosh imom-xatiblar, madrasalar mudirlari ishtirok etib, Mahmud az-Zamaxshariy asarining ahamiyati haqida gapirdilar va Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar.

Shuningdek, Hadis ilmi maktabida yaratilgan sharoitlar, axborot-resurs markazi hamda jismoniy tarbiya va sport xonalari bilan tanishdilar. Ularga oliy maktabda ta’lim-tarbiya jarayonlarini olib borish uslublari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari guruhlarga bo‘linib, Mahmud az-Zamaxshariy hayoti va Islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi, uning «Al-Kashshof» asarini har tomonlama o‘rganish va ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish borasida o‘zaro fikrlashdilar.