Payariqda o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi
- 06.07.2026 09:20
- 64
- Samarqand
Vazirlar Mahkamasi 2026 yil 30 iyunda “Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini tashkil etish hamda o‘rmon fondi yerlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, tumanning Do‘stlik massividagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi balansidagi 10 968,72 gektar, Xalqobod massividagi 20 552, 28 gektar, jami 31 521 gektar yer maydoni Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligiga doimiy foydalanish huquqi bilan berilib, o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi.
Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar viloyat mahalliy byudjeti, byudjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Payariqda o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi
- 3 soat avval
- Samarqand
Yo‘qchilik va to‘qchilik orasi
- Kecha, 13:05
- Mutolaa
O‘xshash ko‘rinishga ega davlat bayroqlari
- 04/07, 21:00
- O'qing, qiziq!
PIN-kod – sirmi yoki ommaviy axborotmi?
- 03/07, 19:18
- Jamiyat