Mutaxassislar dunyodagi eng mashhur IT zararkunanda dasturlar nomini aytdi

Iyun oyida IT bezorilari orasida eng mashhur ziyon keltiruvchi dasturlar spa-xabarlar oqali yuboriladigan viruslar bo‘lgan. Ushbu viruslar o‘lja uskunalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash imkonini beradi. Bu haqda Check Point kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotga tayanib, RIA Novosti nashri ma’lum qildi.

“Iyun oyida Agent Tesla dasturi ro‘yxatning birinchi o‘rnini band etdi. Mazkur dastur butun dunyo bo‘ylab tashkilotlar faoliyatiga 3 foiz zarar yetkazgan”, deyiladi tadqiqotda. Agent Tesla‘dan Wi-Fi parollarini o‘g‘irlashda va Outlook ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashda foydalaniladi.

Ikkinchi o‘rinni Phorpiex va XMRig dasturlari egalladi. Ularning har biri dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilariga 2 foiz zarar yetkazgan.  Phorpiex zarari dasturlarni tarqatadi, shu jumladan, foydalanuvchilarning shaxsiy foto va video ma’lumotlarini o‘g‘irlashda qo‘llaniladigan Sextortion kabi dasturlarni, XMRig‘dan esa Monero kriptovalyutasi bilan turli firibgarliklar amalga oshirishda foydalaniladi.

Troyan-dropper Necro mobil uskunalarga tahdid qiluvchi eng ko‘p qo‘llanilgan xavf, deb topildi. U zararli dastur ta’minotlarini yuklaydi, keraksiz reklamalarni ishga tushiradi va pullik obunalarni rasmiylashtiradi.

Uchinchi o‘rinni Hiddad dasturi egalladi. U foydalanuvchi huquqlarini olib beradi (misol uchun, administrator huquqi) va tizimga zararli dasturlarni yuklaydi. OC Android ma’lumotlar bazasiga kirib, undagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga imkon beruvchi Lotoor dasturi esa keyingi o‘rinni band etdi.