AQSh eronlik xakerlar haqidagi ma’lumot uchun yirik mukofot e’lon qildi

AQSh Davlat departamenti 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga uringan “hukumatga ishlayotgan eron xakerlari” haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot e’lon qildi.

"10 million dollargacha mukofot. Bu xakerlar Eron hukumati uchun 2020 yilda AQShda bo‘lgan saylovlarga ta’sir o‘tkazish uchun ishlagan", deyiladi Davlat departamentining adolat qaror topishiga yordamni mukofotlash dasturining Twitterida.

Nashrga ikki yosh yigitning fotosuratlari ilova qilingan, Sayid Husayn Kazemi va Sahhad Kashian haqida ma’lumot kutilmoqda.

“Kazemi va Kashian 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga qaratilgan zararli kiberoperatsiyalarida ishtirok etishga jalb etilgan”, deyiladi bayonotda.

Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxslar kampaniyaga ta’sir o‘tkazish va saylovchilarni qo‘rqitish uchun server va elektron pochta akkauntlarini buzishga uringan.

Avvalroq AQSh Moliya vazirligi Emennet Pasargad Eron kompaniyasining olti nafar xodimi – rahbariyatdan tortib oddiy ishchigacha, shuningdek firmaning o‘ziga nisbatan sanksiyalar joriy etgani xabar qilingandi.