Nurobod tumanida “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazi faoliyat boshladi

 Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazlarini tashkil qilish ishlari izchil davom etmoqda.
Shunday markazlardan biri Nurobod tumanida ham o‘z faoliyatini boshladi.

 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasitashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb-dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi o‘quv-kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

 Shuningdek, markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

 

 Azim Rahmonov.