Zarafshonbot’ga murojaat: Hechqursa, yaroqsizlarini almashtirish mumkinku?!
- 04.10.2022 16:44
- 238
- Jamiyat

Qishlog‘imizni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida simyog‘ochlar o‘rnatilganiga 50 yildan oshdi.
O‘sha zamonlardagi “stolba”larning joniga to‘zim bersin, shuncha vaqtdan buyon issiq-sovuq kunlarga chidab kelyapti. Ammo yarim asrlik muddat ayrim simyog‘ochlarga ta’sir o‘tkazgan.
Tushunamiz, bugun aksariyat qishloqlar, hatto shaharlarda ham simyog‘ochlarni almashtirish muddati keldi. Bularning barchasini yangilashga elektr ta’minoti korxonalarining qurbi, mablag‘i yetmasligi mumkin.
Lekin shunchalik xarob ahvolga kelib qolganlari ham borki, ular aholining, ayniqsa, bolalarimizning xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Barcha simyog‘ochlarni demaymiz, alhol, yaroqsizlarini beton ustunlarga almashtirib berishning imkoni yo‘qmi?
Nurobod tumani Tim qishlog‘i, Arabota mahallasi fuqarolari.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
OTMda tahsil olayotgan talaba nega repetitorga boryapti?
- 34 daqiqa avval
- Ta’lim
So‘zi va ishi bir saxiy inson
- 37 daqiqa avval
- Mutolaa
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 3 soat avval
- Sport