Tarixdagi eng mashhur xakerlar
Biz texnologiyalarga qanchalik tayansak, xakerlar shunchalik potensial kuchga egalik qiladi. Ularning maqsadi yordam berishmi yoki zarar yetkazishmi, muhim emas – bu yigitlar dunyoni o‘zlari xohlagan tomonga o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Ular tutqich bermaydi va har doim soyada qolishni afzal ko‘radi, biroq ismlari ommaga ma’lum bo‘lgan bir necha xakerlar ham bor.
Robert Teppen Morris
“Qurtlar” deb ataladigan virus haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bunday virusni tarmoqda birinchi bo‘lib Robert Morris qo‘yib yuborgan.
1988 yilning 2 noyabrida Kornel universiteti aspiranti Morris o‘zining “qurti”ni tarmoqqa qo‘yib yuborishi natijasida AQShdagi 6 ming kompyuter falajlandi. O‘zini oqlab, u internet qanchalik o‘sganini ko‘rmoqchi bo‘lganini va sodir bo‘lgan hodisa nazoratdan chiqib ketgan tajriba oqibatlari ekanligini tasdiqladi. Oxir-oqibat Morris jarimaga tortildi va uch yillik shartli jazoga hukm qilindi.
Keyinchalik Morris Garvard universiteti professori va dasturiy ta’minot sohasidagi ko‘plab ishlanmalarning muallifi bo‘ldi. Bugungi kunda u Massachusets texnologiya instituti kompyuter fanlari professori.
Edrian Lamo
Ha, gohida kompaniyalar o‘z tizimlarining zaif tomonlarini sinab ko‘rish uchun xakerlarni yollaydi, lekin Edrian Lamoni hech kim ishga olmagan.
2003-2004 yillarda Lamo ermak uchun bir nechta yirik kompaniyalarning tizimlariga kirgan va ularni xavfsizlik tizimlaridagi kamchiliklari haqida xabardor qilgan. Lamo tomonidan hujumga uchragan ob’yektlar orasida (o‘ o‘zini aloqa ma’lumotlari ekspertlar bazasiga qo‘shgan) Microsoft, Yahoo va New York Times ham bor.
“Uysiz xaker” nomi bilan tanilgan Edrian ko‘pincha internet-kafelar va jamoat kutubxonalaridan tarmoqqa kirgan. Ko‘pchilik uni shon-shuhratga intilish uchun ishlagan, deb hisoblaydi. 2003 yilda Lamoning NY Times tarmog‘iga kirishi uni kiberjinoyatga qarshi kishilarning e’tiborini tortdi, u qo‘lga olindi va olti oylik uy qamog‘iga hukm qilindi. Hozirda Lamo taniqli leksiya o‘quvchisi, shuningdek, har qanday pullik ofis ishilaridan qochgan holda mustaqil xavfsizlik maslahatchisi sifatida ishlaydi.
Kevin Poulsen (aka Dark Dante)
1980 yillardagi bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun telefon tizimlarini buzish juda mashhur bo‘lib borayotgan bir paytda Poulsen Los-Anjelesdagi KIIS radiostansiyada bir necha telefon qo‘ng‘iroqlarini soxtalashtirib, qo‘pol o‘yin ishlatdi va bu unga bosh sovrin – Gavayiga sayohat va Porsche avtomobili yutib olish imkonini berdi.
Biroz vaqt o‘tgach, xaker FBR ma’lumotlar bazasini buzib kirdi va telefon suhbatlarini tinglash bo‘yicha maxfiy ma’lumotlar bazasiga kirish huquqiga ega bo‘ldi, shundan so‘ng FBR uni ovlay boshladi. Natijada Poulsen qo‘lga olindi va 5 yilga qamaldi.
Hozirda u Wired News gazetasining bosh muharriri vazifasini egallab kelmoqda.
Dmitriy Galushkevich
2007 yilda butun Estoniya to‘satdan internetdan mahrum bo‘ldi. Ushbu kiberterror ortidan ko‘p kishi kompyuterlar tizimiga kirish huquqiga ega bo‘lib, serverlarni yuklash orqali ulardan foydalana boshladi. Bankomatlar ham ishlamadi, veb-sahifalar ochilmadi, davlat tizimlarini yopishga to‘g‘ri keldi.
Estoniya rasmiylariga jinoyatchilarni topish uchun bir necha hafta kerak bo‘ldi. Shov-shuv sababchisi Estoniya yashovchisi, 20 yoshli etnik rus Dmitriy Galushkevich ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu to‘polonni u yolg‘iz o‘zi yoki bir guruh hamfikrlari bilan amalga oshirganligining aniqlash iloji bo‘lmadi. Galushkevichning o‘zi esa 17 500 kron (taxminan 500 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortildi.
Jonatan Jeyms (aka c0mrade)
Hech bir kompyuter dahosi buzib kira olmaydigan va nihoyatda himoyalangan kompyuter tizimlari ro‘yxatida sharafli o‘rinni, shubhasiz, AQSh Mudofaa vazirligi egallaydi. Biroq, amerikalik xaker Jonatan Jeyms ushbu tizimni buzib, uning serveriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha paytda yigit 15 yoshda edi.
1999 yilda Jeyms NASAga hujum qilib, butun tarmoq bo‘ylab erkin yurib, uni titkiladi va bir necha fayllarni, jumladan Xalqaro orbital stansiyasining manba kodini o‘g‘irlay oldi. Uni qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi va tez orada u qo‘lga olindi. Yetkazilgan zarar 1,7 million dollarga baholandi.
Jeyms voyaga yetmaganligi sababli u atigi olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek u kompyuterlardan foydalanishni to‘xtatish majburiyatini olishga majbur bo‘ldi.
Afsuski, Jeyms 2008 yilning 18 mayida tushunib bo‘lmaydigan sharoitda vafot etdi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.