Xarita: Aholisi tez o‘sib borayotgan mamlakatlar
Atigi 25 yil ichida Afrika va Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlar aholisi soni ikki baravar ko‘payishi mumkin.
Misol uchun, agar hozirgi kundagi o‘sish sur’atlari shu tarzda davom etib boraversa, 2080 yilga borib, Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti Kinshasa sayyoradagi eng yirik megapolislardan biriga aylanishi tayin.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga asoslangan ushbu infografikada aholisi eng tez o‘sib borayotgan mamlakatlar ko‘rsatilgan. Ko‘rinishidan, Ummon va Suriya davlatlari atigi 20 yil ichida o‘z aholisini ikki barobarga oshirishi mumkin.
Har bir ayolga o‘rtacha 3,2 bola to‘g‘ri kelayotgan arab davlatlarining umumiy aholisi taxminan 36 yil ichida ikki baravarga ko‘payishi ehtimoli baland. Xususan, Yaman va Afg‘oniston mos ravishda 24 va 26 yil davomida bu marraga erishadi.
Markaziy Afrika Respublikasi va Somali Afrikadagi eng tez o‘sish sur’atlariga ega mamlakatlar bo‘lishi kutilmoqda. Atigi 21 yil ichida aholisi ikki baravarga oshgan bu davlatlar qit’aning eng tez rivoj oladigan mamlakatlariga aylanib bormoqda.
Bundan ham yorqinroq misol - Kongo Demokratik Respublikasi: hozirda aholisi 112,8 million (2025 yilda) bo‘lgan mamlakat 2047 yilga borib bu ko‘rsatkichni ikki baravarga oshirishi mumkin.
Yanayam uzoqroqqa nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2100 yilda Kongo Demokratik Respublikasi sayyoramizdagi aholisi eng ko‘p mamlakatlar orasida 15-o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tariladi. Ayni paytda esa Nigeriya Hindiston, Xitoy va Pokistonni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.