Dunyodagi chet elliklar 100 ming dollardan ziyodmaosh ishlab oladigan shaharlar
Zamonaviy hayot har qanday mamlakatda o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan kishiga o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Har qanday megapolis katta bilim va ko‘nikmalarga ega chet ellik mutaxassis - ekspatlarni mamnuniyat bilan kutib oladi. Bunday xorijliklar yiliga 100 ming dollardan ziyod maosh oladi.
Bangkok, yillik o‘rtacha daromad: 119 601 AQSh dollari


Osiyodagi bu ajoyib millionchi shahar faol va harakatchan odamlarni jalb qiladi. Bu yerda ish juda ko‘p – professional ko‘nikmalarga ega ekspatlar muammosiz ishga yollanadi. Faqat politsiyada ro‘yxatdan o‘tish lozim: noqonuniy yollanish deportatsiyaga olib kelishi va mamlakatga qayta kirishni doimiy taqiqlashi mumkin.
Tokio, yillik o‘rtacha daromad: 132 508 AQSh dollari

Agar siz yangi muhitga to‘liq moslashuvni qidirsangiz, Yaponiyaning hech bir shahri sizga to‘g‘ri kelmaydi. Chet ellik har doim jamiyat tomonidan o‘rtacha darajada hurmat qilinadigan va o‘rtacha darajada qabul qilinadigan "gaydzin"ligicha qoladi. Biroq u yer uzoq muddatga borishga arziydi: yapon megapolislarida maoshlar juda yuqori.
Sidney, yillik o‘rtacha daromad: 134 368 AQSh dollari

Bir vaqtlar Avstraliya Britaniyaning qamoqxona-koloniyasidan boshqa narsa emas edi. Mamlakatning turli burchaklaridan bu yerga yuborilgan mahkumlar bir necha asrlar davomida kutilmaganda Avstraliyani sayyoradagi yashash uchun eng yaxshi joylardan biriga aylantirishga muvaffaq bo‘lishgan. Avstraliyada chet elliklarni xush ko‘rishadi.
Dubay, yillik o‘rtacha daromad: 138 177 AQSh dollari

Birlashgan Arab Amirliklarining asosiy megaopolisi va butun amirlikning ma’muriy markazi Dubay bekordan BAAning eng muhim savdo markazlaridan biri hisoblanmaydi. Turli kasb egalari, o‘z ishining ustalariga bu yerda pul topish oson.
Parij, yillik o‘rtacha daromad: 139 602 AQSh dollari

Nazokatli xonimlar va janoblar sayr qilib yuradigan Abadiy shahar ko‘chalaridagi vahshiy muhojirlarning sodir etadigan jinoyatlari haqidagi cho‘pchaklarning 80 fozi safsata deb hisoblanishi kerak. Parij haqiqatan ham ma’lum bir multimadaniyat muhitiga ega bo‘ldi, ammo bundan ziyon ko‘rganicha yo‘q. Bu yerda mutaxassislar haqiqatan ham ko‘p pul topadi, biroq dunyodagi eng go‘zal shaharda yashash narxi ham o‘ziga yarasha...
Nyu-York, yillik o‘rtacha daromad: 182 240 AQSh dollari

Dunyodagi eng qulay, eng yoqimsiz, eng iflos va eng saranjom shahar! Nyu-Yorkning sath kengligi mantiqiy tushunchaga zid: bu yerda siz bir zumda hamma narsani yo‘qotishingiz, ertasi kuni esa sizni millionlab dollar ishlab oladigan odamga aylantiradigan g‘oyaga qoqilib ketishingiz mumkin. Ekspatlar Amerikaning boshqa shaharlaridan ko‘ra Nyu-Yorkni afzal ko‘rishadi, chunki bu shaharda amalga oshishi mumkin bo‘lgan Amerika orzusining sehrli aurasi bor.
Jeneva, yillik o‘rtacha daromad: 184,942 AQSh dollari

Shveysariyada umumiy turmush darajasi juda yuqori. Haqiqiy professional bu yerda gullab-yashnaydi: har qanday soha mutaxassislari uchun albatta yuqori maoshli ish topiladi. Poytaxtdan uzoqda joylashgan kantonlarga ko‘chib o‘tish shart emas. Jenevaning o‘zi muhojirlar pul ishlab topishi uchun ajoyib tanlovdir.
San-Fransisko, o‘rtacha yillik daromad: 207 227 AQSh dollari

San-Fransisko haqiqati bilan birinchi uchrashuv tasodifiy sayyohlarni cho‘chitib yuborishi mumkin. Markaziy ko‘chalar barlar va hashamatli qahvaxonalar oldida uxlayotgan boshpanasizlar bilan to‘la. Mahalliy aholi bu kabi arzimas narsalarga anchadan beri e’tibor bermay qo‘ydi, ular zarurat bo‘lmasa, markaz tomon o‘tmaslikka harakat qiladi.
Uzoq vaqt qolishga qaror qilgan chet ellik uchun esa San-Fransisko ideal shahar ekanligini isbotlab berdi: arxitektura, tabiat, sayr-tomosha, turmush darajasi va ish haqi hajmi ish izlab kelgan ekspatlarga ideal nisbatlarda taqdim etiladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.