Quyon-baliq, o‘yga cho‘mgan skelet va kishanlangan timsoh: dunyodagi g‘alati gerblar
Nafaqat davlatlar va qirollik sulolalari, balki ko‘plab shahar va qishloqlar ham o‘z gerblariga ega. Bu gerblarning aksariyati xalqlarining tarixiga borib taqaladi va haqiqiy san’at asarlaridir.
Ba’zilari tez-tez o‘zgarib turadi, boshqalari esa asrlar davomida ko‘rinishini o‘zgartirmagan holda saqlab qolingan, ularning ko‘rinishi zamonaviy odamlarga g‘alati tuyuladi.
Proxovitse, Polsha
4000 dan ortiq aholiga ega kichik shaharchaga sayohatchilar kamdan-kam tashrif buyuradi, biroq ovchilar va baliqchilar o‘zi uchun ko‘p narsalarni topishi mumkin.

Haqiqatan ham, shahar gerbida tasvirlangan baliq dumli mutatsiyaga uchragan quyon ikki narsadan birini anglatadi: ba’zilar bu Chernobil AESining ta’sirini taxmin qilsa, boshqalar bu atrofdagi to‘lib-toshgan daryolarning baliqlarga boyligi haqida gapiradi. Gerbning yoshi 300 yil ekanligi hisobga olinsa, ikkinchi nazariya ehtimolga yaqinroq.
Vash, Vengriya
Ushbu gerbda tumshug‘ida ot taqasini ushlab g‘urur bilan qadam tashlayotgan tuyaqush tasvirlangan. Qizig‘i shundaki, o‘rta asrlarda odamlar qush tosh va tirnoqlardan tortib yovuz ruhlargacha hamma narsani hazm qilishiga ishonishgan.

Keng tarqalib ketgan bu fikr bir necha qiziqarli afsonalarni keltirib chiqardi: metallurgiya va metallga ishlov berish bilan “bog‘langan” tuyaqush, ko‘pincha temir yoki boshqa metallar qazib olinadigan shaharlar, shuningdek, ixtisoslashgan korporatsiyalar va korxonalar gerblariga joylashtirildi.
Londonderri, Shimoliy Irlandiya
Shahar qalqoni XVII asrdayoq tasdiqlangan. Gerb markazida lotin tilida “Hayot, adolat, g‘alaba” yozuvini oyoq osti qilib o‘tirgan o‘ychan skelet tasvirlangan.

Jasad haqiqiy tarixiy shaxs, hayoti qiziqarli va sarguzashtlarga boy, lekin o‘limi fojiali bo‘lgan, akasi uni zindonband qilganda, ochlikdan o‘lgan Irlandiyalik protestant magnati va inglizlar tarafdori Liat de Burgga bag‘ishlangan.
Chernishevskiy tumani, Zabaykal o‘lkasi
Rossiya hududidagi aholi punkti gerbida dinozavrni ko‘rish kishida hayratni oshiradi: undagi kaltakesak yo‘q bo‘lib ketgan hayvonlarning bu atrofda muntazam ravishda uchrab turishi haqida gapirayotgan bo‘lsa, ajabmas.

2010 yilda o‘lkada mo‘yna bilan qoplangan klassik kaltakesakka o‘xshagan, ilgari ko‘rilmagan va o‘rganilmagan jonzot qoldiqlari topilgan. Oq chiziqlar esa uchta daryoning qo‘yilish joyini ifodalaydi.
Nim, Italiya
Ushbu manzilgohning ramziy belgisi, palma daraxtiga zanjirlangan timsoh Misr qirolligining Rim tomonidan bosib olinganligiga kinoya qilib, qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Sha
har gerbida vaqti-vaqti bilan kardinal qizil qalqoni va Borjia uyining oltin buqasi surati almashinib turgan. XV asr o‘rtalariga kelib, timsoh tasvirlangan eski tangalar topildi, shundan so‘ng ular o‘z ildizlariga qaytishga qaror qilishdi. Monarx o‘zining maxsus nizomi bilan hozirgi kungacha u yerda xo‘jayinlik qilib kelayotgan timsohni qoldirishga ruxsat berdi.
Shuya, Ivanovo

Bir qarashda, bu nima ekanligini bilib bo‘lmaydi. U ko‘proq g‘isht yoki metall qayroqqa o‘xshaydi, aslida esa sovun bo‘lagi. Bu yerda sovun XVII asrdan beri ishlab chiqariladi, shu sababli, u shahar gerbida abadiylashtirishga qaror qilingan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.