Mutolaa: Shikoyat daftari. Hikoya
(Anton ChEXOV)
Bu kitob temir yo‘l vokzalining maxsus qurilgan idorasidagi taxta stolida turadi. Idora kaliti stansiya jandarmining qo‘lida, aslida hech qanday kalit kerak emas, chunki idora eshigi har doim ochiq. Kitobni olib, o‘qiy boshlaymiz:
“Janobi oliylari! O‘quv qurol tekshirilib ko‘rildi!?”
Uning ostida shoxlari bor uzun burunli bir yuz chizilgan. Yuzning tagida shunday yozilgan:
“Sen kartina – men portret, sen hayvonsan men esa et. Ana bashara-yu, mana bashara!”.
“Stansiyaga kira turib, deraza ortidagi tabiatga qarasam, shlyapam uchib ketdi. I.Yarmonkin”.
“Kim yozganini bilmayman-u, men axmoq o‘qiyapman”.
“Da’volar stoli boshlig‘i Kolovroyev o‘zidan xotira qoldirdi”.
“Boshliqlarga konduktor Kuchkinning xotinimga nisbatan qo‘pol munosabati to‘g‘risidagi shikoyatimni yetkazaman. Xotinim hech qanday ovoz chiqarmadi, aksincha, hamma narsa tinchgina o‘tishi uchun harakat qildi. Shuningdek, yelkamdan qo‘pol ushlab olgan jandarm Klyatvin to‘g‘risida. Fe’l-atvorimni yaxshi biladigan Andrey Ivanovich Isheyevning qo‘rg‘onida istiqomat qilaman. Idora xizmatchisi Samoluchshev”.
«Nikandrov sotsialist!».
“Kishi g‘azabini keltiradigan qilg‘iliqlar taassuroti ostida... (o‘chirilgan). Ushbu stansiyadan o‘taketib quyidagilar qalbimni junbushga keltirdi... (o‘chirilgan). Ko‘z oldimda temir yo‘llarimizni yorqin ranglar bilan tasvirlab beradigan juda noxush voqea sodir bo‘ldi... (imzodan tashqari boshqa hamma yozuv o‘chirilgan). Kursk gimnaziyasining 7-sinf o‘quvchisi Aleksey Zudev”.
“Poyezd ketishini kutayotib, bekat boshlig‘ining yoqimsiz basharasini kuzatib turdim va bundan mamnun bo‘lmadim. Bu to‘g‘rida liniya bo‘yicha e’lon qilaman. Umid bilan, dachalar yashovchisi”.
“Buni kim yozganini bilaman - M.D. yozgan”.
“Janoblar! Telsovskiy qallob va muttaham!”.
Stansiyadan och holda o‘taketib, nima yeyishim to‘g‘risida o‘ylanib qoldim, biroq yovg‘on ovqat topolmadim. Ruhoniy Dyakov”.
“Nimani berishsa, kappalab urmaysanmi”.
“Kim charm portsigar topib olsa, uni kassadagi Andrey Yegorichga bera qolsin”.
“Meni ichkilikbozlikda ayblab, xizmatdan haydab yuborayotganlarini hisobga olib, ularning hammasini firibgar va o‘g‘riligini ma’lum qilaman. Telegraf operatori Kozmodemyanskiy”.
“Yaxshi fazilatlaringizni ko‘rsating”.
“Katinka, sizni o‘lgudek yaxshi ko‘raman”.
“Shikoyatlar kitobiga aloqasiz gaplarni yozmaganingizni so‘rayman. 7-stansiya boshlig‘i Ivanov”.
“Yettinchi bo‘lsang ham, ahmoq ekansan”.
Rus tilidan B.Muhammadiyeva tarjimasi.