Myanma: internetsiz yangi norozilik namoyishlari
Yuzlab odamlar Myanmaning yirik shaharlari - Yangon ko‘chalarida mamlakatda davlat to‘ntarishiga qarshi namoyishga chiqishdi.
Harbiy rejimga qarshilik ko‘rsatishning ramzi – uchta barmog‘ini boshi uzra ko‘tarib, Myanmaning lideri, «Demokratiya milliy ligasi» rahbari Aun San Su Chji va boshqa rasmiylarni ozod qilishga chiqarishdi.
Bundan tashqari, Myanmada bir hafta ichida ikkinchi marta internet aloqasi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani, foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishi bloklangani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki, 1 fevralda Myanma harbiylari mamlakat ustidan nazoratni qo‘lga oldi va bir yilga favqulodda holat e’lon qildi. Ular amaldagi butun hukumat tepasini, shu jumladan, prezident Vin Mint va Myanma davlat maslahatchisi va amaldagi rahbari Aun San Su Chjini hibsga olishdi.
Harbiylar Milliy saylov komissiyasini va katta farq bilan g‘alaba qozongan hukmron partiyani saylovni soxtalashtirishda aybladi. Keyinchalik harbiylar ko‘p partiyali demokratik tuzumga sodiqligini bildirishdi va yangi adolatli saylov o‘tkazishga va’da berishdi.