Namanganda 54 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

SSV matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu bemor oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan, bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.