Namanganda shifokorlar jajji bemor hayotini saqlab qoldi

Shu yil 2 yanvar kuni soat taxminan 12.55larda koma holatiga tushib qolgan bir yoshu uch oylik kosonsoylik J.M. ota-onasi tomonidan Namangan shahridagi "Medium mega med servis" MChJga qarashli xususiy klinikaga keltiriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ota-ona bolalarini istirohat bog‘iga olib kelgan. Kutilmaganda kichik farzandida yuqori isitma tufayli talvasa xuruji kuzatilgan. Agar zudlik bilan chora ko‘rilmasa, bola nobud bo‘lishi mumkin edi...

Klinika rahbari boshchiligida tezkorlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Natijada bolaning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda bemor bolakayning ahvoli barqaror, deya xabar bermoqda sog‘liqni saqlash vazirligi.