Bir qator hududlarda oilaviy poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan
Sog‘liqni saqlash vazirligining joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishni Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov olib bormoqda.
Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda dastlab tibbiyotning birlamchi tizimidagi islohotlar natijadorligi tahlil qilindi.
Ta’kidlanishicha, Davlat dasturi doirasida mazkur sohani aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida 110 ta oilaviy shifokorlik punkti, 30 ta oilaviy poliklinika va 520 ta mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish belgilangan.
Biroq o‘tgan davrda Toshkent viloyatida rejadagi 10 ta, Qashqadaryoda 9 ta, Sirdaryoda 5 ta oilaviy shifokor punktidan birortasi tashkil etilmagan.
Huddi shunday, oilaviy yangi poliklinikalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.