Narxlarning asossiz oshirilishiga duch kelsangiz, murojaat qiling!
Hurmatli samarqandliklar!
Karantin davrida osoyishtalikni ta’minlash maqsadida davlat soliq xizmati organlari oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarini qat’iy nazoratga oldi.
Ayrim insofsiz tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, viloyat davlat soliq boshqarmasida narxlarning o‘zgarishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlari tashkil etildi.
Narxlarning asossiz oshirilishi aniqlangan holatlar bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi.
Viloyatimizda oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari yetarli jamg‘arilgan. Bozorlar va do‘konlar peshtaxtalari har doimgidek to‘kin-sochin.
Unutmang, sizning vahimaga berilishingiz olib-sotarlarga qo‘l kelib, narx-navoning oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
Agarda siz oziq-ovqat va birlamchi iste’mol mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga duch kelsangiz, viloyat davlat soliq boshqarmasining (66) 234-06-16 “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi.