NASA tomonidan uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga chiqa olmadi

Amerikaning Astra Space kompaniyasiga qarashli Rocket 3.3 ultra yengil raketasi NASAning ikkita Tropiss meteorologik sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqa olmadi. Bu haqda lenta.ru ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tayanib yozmoqda.

“Biz birinchi bosqichning muntazam parvozini amalga oshirdik. Biroq, ikkinchi bosqich muddatidan oldin o‘chirildi va biz sun’iy yo‘ldoshni orbitaga etkazib bera olmadik», deya tushuntirish bermoqda kompaniya axborotida.

Rocket 3.3 Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi Launch Complexdan uchirilgan.

Avvalroq, NASA iqlim falokatlarini bashorat qila oladigan sun’iy yo‘ldoshni uchirgani xabar qilingandi. GOYeS-T kosmik kemasi g‘arbiy yarimsharda havoning xavotirli o‘zgarishlarini – chang bo‘ronlari, ko‘chkilar, bo‘ronlar, tornadolar, shuningdek, u chaqmoq, qirg‘oq tumanlari va o‘rmon yong‘inlarini kuzatib borishi aytilgan.

Samijon Jo‘raqulov tayyorladi.