Orbitaga maxfiy harbiy sun’iy yo‘ldoshi chiqarildi
Rossiyaning maxfiy «Kosmos-2560» harbiy sun’iy yo‘ldoshi Arxangelsk viloyatidagi Plesetsk kosmodromidan muvaffaqiyatli uchirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi. Missiya tafsiloti va texnik xarakteristikalar oshkor etilmadi.
«Plesetsk davlat sinov kosmodromidan harbiy-kosmik kuchlarining jangovar ekipajlari tomonidan uchirilgan “Kosmos-2560” kosmik apparati belgilangan vaqtda nishon orbitasiga olib chiqildi va Rossiya Mudofaa vazirligining yer usti vositalari kuzatib borish uchun qabul qilindi" deyiladi vazirlik bayonotida.
Bir necha kun oldin "Glonass-K1" navigatsiya kosmik kemasi orbitaga chiqarildi. Mutaxassislarning fikricha, u deyarli import elektronikadan iborat. Rossiyaga kosmik texnologiyalar eksporti taqiqlanganligi sababli import o‘rnini bosish doirasida yil oxirigacha eng yangi avlod "Glonass-K" sun’iy yo‘ldoshini uchirish rejalashtirilgan.