Nemislarga tekinga pul tarqatiladi

Germaniyada fuqarolarga tekin maosh tarqatiladi. Uni qaytarish shart emas. Bu g‘ayrioddiy eksperementda GFRning 128 nafar fuqarosi qatnashadi. Ular 3 yil davomida oyiga 1200 yevrodan olib turishadi.

Germaniyada kambag‘allik darajasi 2020 yilda oyiga 1135 yevroni tashkil etdi. Davlat shu tajriba orqali aholining turmush darajasi qanday bo‘lishini aniqlab olmoqchi.

Tajriba uchun nodavlat tashkilotlar 5 million yevro ajratdi. Ilgari xuddi shunday tajriba Finlyandiyada o‘tkazilgan edi. O‘shanda 2 yil davomida 22 ming ko‘ngilli oyiga 560 yevrodan olib turishdi. Shu tariqa davlat fuqarolarning yashash uchun zarur eng kam ish haqi miqdorini aniqlab olgandi.

«Mir novostey» (2020 yil, 37-son) asosida T.MUROD tayyorladi.