Nurobod tumani g‘allakorlari don topshirish rejasini bajardi
Nurobod tumani g‘allakorlari Samarqand viloyatida birinchi bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi.
Tumanning davlatga don sotish rejasi 7,862 tonnani tashkil etib, 15 iyun holatiga amalda 100 foizdan oshirib uddalandi.
Joriy mavsumda 463 ta g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari tomonidan 2010 gektar suvli, 19 000 gektar lalmi yer maydonlariga urug‘ ekilgan bo‘lib, g‘alla hosildorligi har gektaridan lalmi yer maydonlarida 12-15 sentnerni, suvli yer maydonlarida 50-55 sentnerni tashkil etdi.
Ilg‘or fermer xo‘jaliklaridan “Sepkisoy yulduzi sari” davlatga g‘alla topshirish rejasini 167 foizga, “Umid fayoz bog‘lari” 162 foizga, “Hamfikr” 140 foizga, “Nur chashma Nurobod hosili buloq” 132 foizga, “Nurobod samara tongi” fermer xo‘jaligi 125 foizga bajarib, tuman xirmoniga munosib hissa qo‘shishdi.
Hosil yig‘ishtirib olinmagan g‘allazorlarda o‘rim-yig‘im ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.