Elektrchilar Nurobodda bog‘ yaratmoqda
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘li yoqasida 1500 dan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.
- Asosiy maqsadimiz, dasht va yo‘l yoqalarida yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish va barqaror ekologik muvozanatni ta’minlashdan iborat, - deydi Nurobod tuman elektr ta’minoti boshlig‘i Hamid Kenjayev. – Daraxt ko‘chatlarini faqat ekibgina qolmasdan ularni yil bo‘yi parvarishlash ham zimmamizda. Shu sababli suv chiqarib, ming metrdan ziyod tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘ymoqdamiz.
Nurobodlik elektrchilar tomonidan hozirgacha 500 tup, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda "Energosavdo" viloyat bo‘linmasi tomonidan 2200 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, zamonaviy sug‘orish tizimlari yordamida sug‘orilmoqda.
Dilmurod TO‘XTAYeV.