Nurobodda yangi reabilitatsiya markazi faoliyat boshladi

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tuman tibbiyot birlashmasi tarkibida zamonaviy sharoitlarga ega reabilitatsiya markazi foydalanishga topshirildi.

Markazning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyev mazkur markazning aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda muhim o‘rin tutishi, bemorlarning sog‘ligini tiklash va ularni ijtimoiy hayotga qaytarishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Keng jamoatchilik vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi, zamonaviy tibbiy uskunalar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.