Nurobod tumanida “Issiqlik manbai” DUK foydasiga qarzdorliklarni undirish davom etmoqda, hozirgacha 7 ta avtotransportga ta’qiq qo‘yilgan
- 05.06.2024 16:48
- 46
- Jamiyat
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur tumanda bir kunda 68,3 million so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlangan, 7 ta avtotransport vositasiga ta’qiq qo‘yilgan.
“Jumladan, MIB, Prokuratura, IIB organlari va issiqlik ta’minoti xodimlaridan iborat 4 ta guruh tuzilib, 360 tadan ziyod xonadonlar ko‘zdan kechirilib, qarzdorlarga qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida 68,3 mln. so‘mlik 36 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlandi.
Bundan tashqari, ushbu toifadagi hujjatlar bo‘yicha qarzdorlarning 18 ta ko‘chmas mulkiga va 7 ta avtotransport vositasiga “MIB portal” dasturi orqali ta’qiqlar qo‘yilib, qidiruv e’lon qilinishi ta’minlandi”, deyiladi boshqarma xabarida.