OAV sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi
- 28.02.2020 09:38
- 46
- O‘zbekiston
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4619-son, 26.02.2020 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ta’kidlanishicha, qaror bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2019 yil 14 iyun kuni Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Teglar:
OAV
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa