Odamlar avtouylarni yoqtirib qolishdi

Yevropada avtouylarga ishqibozlar soni ortib bormoqda. Yuzlab kompaniyalar ularga ijaraga avtouy berishga tayyor. Menejerga qo‘ng‘iroq qilib, transport bor-yo‘qligini aniqlasangiz, sayohatga boradigan mamlakat yoki shaharni aytsangiz kifoya. Keyin kempinglarni tanlash qoladi.

Gap oldida to‘xtash joyi, hojatxonasi, dushi mavjud yo‘l bo‘yi dam olish ob’yektlari haqida bormoqda. Ba’zan oshxonasi bor kempinglar ham uchraydi. Ammo ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Misol uchun, Niderlandiya, Belgiya va Fransiyada oshxonada plita yo‘q, faqat idish-tovoqni yuvish mumkin. Kempingga dam olishga to‘xtagan avtosayyoh ovqatni avtomashinasida gaz o‘choqda tayyorlashga majbur. Germaniyada gaz plitalari qo‘yilgan, ammo hamma to‘xtash joyida emas. Bunday arzon kempingda turish avtosayyohlar uchun bir sutkada 50-100 yevroga tushadi.

Badavlat to‘xtash joylarida yosh bolalar uchun xona, yo‘rgaklash stoli, past yuvingich va unitazlar bor.

Avtouylarga Rossiyada ham talab oshib boryapti. Bu mamlakatda, ayniqsa tirkama-pritsep uyga talab katta. Bunday pritsep 300-700 rubl turadi. Odamlar to‘liq jihozlangan avtouylarni ham sotib ola boshladilar. Rossiyaliklar uni 1 million rublga xarid qilishlari mumkin. Ammo avtouylarda sayohatga chiqishda mamlakatda avtomobil yo‘llarini talabga javob bermasligi katta muammo bo‘lib turibdi. Yo‘llar bo‘yida barpo etilayotgan kempinglardagi sharoit ham ko‘ngildagidek emas. Shunga qaramasdan nafaqat Rossiyada, balki Yevropa rivojlangan mamlakatlarida o‘z shaxsiy avtouyiga ega bo‘lish va unda jahon bo‘ylab sayohatga chiqishni orzu qilganlar soni ko‘paymoqda. Avtosayohat allaqachon xalqaro turizmning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, deb yozadi “Mir novostey” (2021 y. 20-son)

T.Shomurodov tayyorladi.