Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Odamlarning telekommunikatsiya va mobil aloqasiga doir savollari ko‘p

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tayloq tumanida jicmoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Tumandagi 29-son bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan qabulda 200 nafardan ziyod jismoniy va yuridik shaxs ishtirok etdi. Fuqarolar asosan telekommunikatsiya, mobil aloqasi, radiotelevideniye, axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish, axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida muammo, shikoyat va takliflarini bildirdi.

Qabul davomida 51 ta murojaat kelib tushdi, 21 ta murojaat ijobiy hal qilindi va 30 ta murojaat nazoratga olindi.

Shu bilan birga ishtirokchilarga tumandagi “Raqamli texnologiyalar” o‘quv markazi, Samarqand shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quv jarayoni hamda Bulung‘ur tumanida qad rostlayotgan o‘quv markaz faoliyati bo‘yicha ham ma’lumot berildi.