Og‘ufurushlarning «savdo»si yurishmadi

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro I.R. xaridorlarga sellofan paketga o‘ralgan “marixuana” giyohvandlik vositasini berib, avtomashinadan tushib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.R. taxminan og‘irligi 40,0 gramm atrofida bo‘lgan quruq holdagi o‘ziga xos o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik vositasini 1 000 000 so‘mga sotish maqsadida tanishi M.J.dan 600 000 so‘mga sotib olgan.

Viloyat IIB EKBning ekspert ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqarodan daliliy ashyo sifatidan olingan moddaning vazni 36,15 grammni tashkil etgan va ushbu modda quritilgan holdagi “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.