“BMV 520” avtomashinasidan giyohvandlik moddasi topildi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Samarqand shahar Spitamen shox ko‘chasi va Bedil ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan viloyat YHXB xodimlari tomonidan kul rang “BMV 520” rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Mashinaning yukxonasi va salon qismi ko‘zdan kechirilganda, avtomashina old eshigining chap cho‘ntagida, qog‘ozga o‘ralgan marixuana giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘tkir hidli modda borligi aniqlangan.

Samarqand viloyati IIB YHXB xabariga ko‘ra, giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.
Holat to‘liq o‘rganilishi uchun haydovchidan topilgan modda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga topshirilgan.