Bulung‘urda haydovchining yonidan giyohvandlik moddasi topildi

Kecha, 21 fevral kuni soat 22:00 larda Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1039-kilometrida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida xodimlar tomonidan «Lasetti» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

Haydovchi bilan o‘zaro muloqot jarayonida avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchining ko‘rinishi va turli xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo‘lovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.R.ning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o‘xshash o‘simlik topilgan.

Holat rasmiylashtirilib, fuqaro A.R. va topilgan modda Bulung‘ur tumani IIBga topshirilgan.