Nashaning puliga bolasini davolatarmish
Urgut tumanida istiqomat qiluvchi A.I. hamda H.S. Qoraqalpog‘istonga ketayotgan vaqtida to‘xtatildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularning avtomobilidan 90 gramga yaqin geroin hamda 200 gramga yaqin opiy giyohvandlik vositalari topildi.
Ammo bu hali hammasi emas ekan. Huquq-tartibot idoralarida olib borilgan so‘roq davomida ular qilmishidan pushaymonligini bildirib, xususan, H.S. avtoulovining yo‘lovchi o‘rindig‘i qismidagi yostiqcha ichida 13 gramga yaqin opiy borligini ma’lum qildi. A.I. esa yashash xonadonidagi molxonada yana 381 gramm zahriqotilni yashirayotganiga iqror bo‘ldi. Sud jinoyatni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, jinoyatchilarga 9 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Qiziq jihati, sud majlisida o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik berilishini so‘ragan A.I. bu qing‘irlikni farzandini davolatish uchun qilganini aytdi. O‘ziz o‘ylab ko‘ring, uning bu bahonasi boshqalarning umrini zaharlash uchun asos bo‘ladimi? Balki oilasidagi baxtsizlikning asl sababchisi uning o‘zidir. Xulosa qilish sizdan.