Amerika marixuana yetishtirmoqda
Yaqinda Kanada va AQShda “marixuana iste’mol qilishga ochiqcha yo‘l qo‘yish kerakmi, yo‘qmi”, deya bahslashilgan edi. Endi esa bu AQShning 37 shtatida yetakchi tarmoqqa aylandi («MN» 2021 y 33-son).
2018 yilda Oregan federal hukumatdan marixuanani tashqariga eksport qilishga ruxsat olishga erishgandi. Xuddi o‘sha yili Kaloridada 37 tonna narkotik yetishtirildi. Bu butun Los-Anjelesga yetarli edi.
O‘tgan yili sotish birdaniga 50 foizga o‘sdi va 20 milliard dollarga yetdi. Bu eng jadal rivojlanayotgan yangi industriyadir. Ammo davlat yetakchilari aholini giyohvandlikka bog‘lanib qolishini sezmaganga olmoqda. Bayden ushbu muammoni umuman rad qilmoqda. Prezidentlikka sobiq nomzod senator Berni Sanders esa o‘zining saylovoldi kampaniyasida giyohvandlikni legallashtirishni yoqlab chiqqandi. U o‘z intervyusida narkotik savdosi o‘sishidan bexabarligini, bu mamlakatda eng ommaviy mahsulotga aylanganini bilmasligini aytdi.
Hozirda ish shu darajaga borib yetdiki, fermerlar gul yetishtirishni to‘xtatib, daromadli bo‘lgan marixuana ekishga o‘tishmoqda. Ajablanarlisi, hokimiyat va AQSh qonunchiligi giyohvandlikning millat ruhiyatiga ta’siri emas, uni yetishtirishda energiyaning yuqori sarfi tashvishga solmoqda. Bunday fermerlar uchun hatto maxsus, tejamkor elektr priborlari o‘ylab topilmoqda. Hozirda mamlakatning uchdan bir aholisi – 100 million amerikaliklar yashayotgan shtatlarda ushbu giyohvand vositalar 21 yoshdagi aholiga bemalol sotilmoqda.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, marixuana iste’mol qilganlarda og‘ir ruhiy holatlarni keltirib chiqaradi. Haydovchilarni ashaddiy qotilga aylantiradi. Giyohvand insonga 12 soatgacha ta’sir qiladi. Ushbu vaqt ichida u qayerda, nima qilyapti, qayerga boryapti - aqliy qobiliyatini batamom yo‘qotadi.
Hozircha Amerikani marixuananing taqiqlangan modda ekanligi, uni sotish va tarqatish jiddiy jinoyat ekanligi to‘g‘risidagi ilgarigi qarashlar qutqarib turibdi.
T.ShOMURODOV tayyorladi.