O‘g‘ri Kattaqo‘rg‘onda ushlandi
- 28.09.2020 16:45
- 454
- Jinoyat va jazo
Jizzax shahrining Zilol mahallasidagi qurilish mollari savdo do‘konida o‘g‘irlik jinoyati sodir bo‘ldi.
Do‘kon egasi A.J.ning ma’lum qilishicha, stol tortmasida turgan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul izsiz yo‘qolgan.
Jabrlanuvchi holat yuzasidan Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga murojaat qilgan.
Murojaatga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. Tez orada jinoyat fosh etildi.
“Postda” nashrining ma’lum qilishicha, o‘g‘rilikni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan J.J. sodir etgani aniqlanib, qo‘lga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, u do‘kon eshigining ochiqligidan foydalanib, imi-jimida pulni olib ketgan ekan.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa