Olimlar Antarktidadagi yirik muzlik tezlik bilan eriyotganini aniqladi

Buning oqibatida esa dunyo okean sathi ko‘tarilib, ko‘plab hududlarda suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. 

CNN xabariga ko‘ra, olimlar 6 yildan buyon Antarktidadagi eng yirik — “Qiyomat muzligi”ni o‘rganib kelmoqda. E’lon qilingan so‘nggi xulosada muzning erishi keskin ortgani ma’lum qilingan. Agar biror bir jiddiy o‘zgarish yuzaga kelmasa 200 yildan so‘ng butun Antarktidada muz qatlami qolmaydi. 

Ma’lumotda keltirilishicha, birgina “Qiyomat muzligi”ning erishi dengiz sathining 60 santimetr ko‘tarilishi uchun yetarli bo‘ladi. Shuningdek, bu muzlik boshqa qatlamlarni ushlab turgani bois uning erishi oqibatida dengiz sathi 3 metrga ko‘tarilib, AQSh, Buyuk Britaniya, Bangladeshdagi bir qator shaharlarni xavf ostida qoldiradi.