Olmaotadan Samarqandga aviaparvozlar 15 martdan boshlanishi ma’lum qilindi
- 03.02.2023 09:41
- 39
- Samarqand
Qozog‘istonning "FlyArystan" loukoster aviakompaniyasi "Olmaota—Samarqand" yo‘nalishidagi aviaparvozlarni tiklamoqda.
Ma’lum qilinishicha, "Olmaota-Samarqand-Olmaota" yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2023 yilning 15 mart kuniga belgilangan.
Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, "FlyArysta"n — Qozog‘istonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Olmaota shahrida joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik "Air Astana" aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!