Oqdaryoda ham yer sotgan shaxs ushlandi
- 15.03.2022 17:36
- 463
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Oqdaryo tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro X.R. “B.t.” MChJ ta’sischisi F.X. bilan oldindan til biriktirib, MChJga Samarqand shahri, “Qorasuv” massividan Xitoy texnologiyasi asosida issiqxona qurish uchun ajratilgan 0,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonidan belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan, issiqxona qurmasdan yer maydonini fuqaro A.ga 60 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.