O‘rgansak arziydigan tadbir

Isroilda davlat mustaqilligi arafasida ommaviy tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Shulardan biri – Matbuot bayrami doirasidagi mozaika va rasm chizish tanlovi. Bu tanlov chekka hududlarda ommalashgan.

Keksalar, iqtidorli yoshlar, bolalar avval oilada o‘zaro kelishib, mozaikadan ramkalar ichida turli mavzularda polotnolar yasashadi, ayrimlari rasm chizadi. Bu mashq bir oy, hatto undan ko‘proq davom etadi. Shu davrda bir-birinikiga borib, asarlarning yanada go‘zal bo‘lishi yuzasidan maslahat berishadi.

Matbuot kuni esa birorta mahalla yoki klub foyesida bu asarlar namoyish etiladi. Jamoat tashkilotlari, muzey mutaxassislari va ishbilarmonlar vakillaridan iborat hay’at g‘oliblarni aniqlab, sovg‘alar uyushtiradi, davrada ishtirok etganlar qo‘shiq aytib, raqsga tushadi. Bu haqidagi axborotlarni mahalliy gazeta va televideniyega berishar ekan.